FSJ/BFD — volontiyorlik dasturi

FSJ (Freiwilliges Soziales Jahr) va BFD (Bundesfreiwilligendienst) — ijtimoiy sohada ko‘ngilli ish: bog‘cha, keksa va nogironlar uyida, shifoxona va NNTlarda tajriba to‘plash.

ConsultingUz bilan xamkorlikda

Til talabi

  • Nemis A2–B1 daraja tavsiya etiladi
  • Ish joyida muloqot uchun kundalik nemis tili kerak

Shartlar

  • Davomiyligi: 6–12 oy (odatda 12 oy)
  • Yon xarajatlar uchun kompensatsiya (taschengeld)
  • Yashash va ovqatlanish ba’zan ta’minlanadi yoki qoplanadi

Jarayon

  1. Ko‘ngilli tashkilot va ish joyini tanlash
  2. Ariza, CV va motivatsion xat topshirish
  3. Qabul xati bilan viza hujjatlarini tayyorlash
  4. Kelgach, ro‘yxatga turish va ishni boshlash

Afzalliklar

  • Nemis tilini tez yaxshilash
  • Ijtimoiy sohada real tajriba
  • Keyingi ta’lim yoki ish uchun mustahkam baza

Bizning yordam

  • Tashkilot tanlash va ariza ko‘magi
  • Hujjatlar va viza bo‘yicha yo‘riqnoma

Nima bu?

FSJ/BFD — ijtimoiy sohada ko‘ngilli xizmat dasturlari. Bog‘cha, shifoxona, keksalar uyi kabi joylarda jamiyat uchun foydali ish qilib, til va tajriba orttirasiz.

Hujjatlar ro‘yxati

  • CV, motivatsion xat
  • Diplom yoki o‘qish haqida ma’lumot (bo‘lsa)
  • Pasport nusxasi