DaF Sprachzentrum
Oxirgi yangilanish: 2025-yil mart

Maxfiylik siyosati

DaF Sprachzentrum M.CH.J (keyingi oʻlarda — «Markaz») foydalanuvchilarning shaxsiy maʻlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq himoya qiladi. Ushbu siyosat Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsiy maʻlumotlar toʻgʻrisida»gi qonuni (2019-yil 2-iyul, OʻRQ-547-son) asosida ishlab chiqilgan.

1

Qanday maʻlumotlar yigʻiladi

  • Ism va familiya
  • Telefon raqami
  • Tanlangan filial
  • Kurs yoki yoʻnalish (agar koʻrsatilsa)

Biz foydalanuvchidan faqat konsultatsiya yoki kursga yozilish uchun zarur boʻlgan maʻlumotlarni soʻraymiz. Ortiqcha shaxsiy maʻlumotlar talab qilinmaydi.

2

Maʻlumotlardan foydalanish maqsadi

  • Foydalanuvchi bilan aloqa qilish va konsultatsiya berish
  • Kursga yozilish soʻrovini qayta ishlash
  • Xizmat sifatini yaxshilash
3

Maʻlumotlarni saqlash va himoya qilish

Shaxsiy maʻlumotlar ruxsatsiz kirishdan himoyalangan holda saqlanadi. Markaz maʻlumotlarni uchinchi shaxslarga foydalanuvchining roziligi yoki qonunda belgilangan holatlarsiz bermaydi.

4

Uchinchi tomonlarga uzatish

Shaxsiy maʻlumotlar quyidagi hollarda uchinchi tomonlarga uzatilishi mumkin:

  • Foydalanuvchining yozma roziligi bilan
  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollarda (sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar soʻrovi asosida)
5

Foydalanuvchi huquqlari

Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsiy maʻlumotlar toʻgʻrisida»gi qonuniga asosan siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • Oʻzingiz haqingizdagi saqlanayotgan maʻlumotlar bilan tanishish
  • Maʻlumotlarni tuzatish yoki yangilashni soʻrash
  • Maʻlumotlarni oʻchirilishini talab qilish
  • Maʻlumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni qaytarib olish
6

Cookie va mahalliy saqlash

Sayt foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida brauzer mahalliy xotirasida (localStorage) tilni tanlash va mavzu (tema) sozlamalarini saqlaydi. Bu maʻlumotlar serverga yuborilmaydi va shaxsiy maʻlumot hisoblanmaydi.

7

Siyosatga oʻzgartirishlar

Markaz ushbu maxfiylik siyosatini istalgan vaqtda yangilash huquqini saqlaydi. Oʻzgartirishlar saytda eʻlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

8

Bogʻlanish

Maxfiylik siyosati boʻyicha savollar uchun:

Email: info@daf-sprachzentrum.uz

Telefon: +998 90 535 10 99