DaF Sprachzentrum
Afzalliklar

Aupair
Enagalik dasturi

Nemis oilasida yashab, bolalar parvarishi yordamchisi sifatida ishlash va tilni tabiiy muhitda o'rganish imkoniyati.

ConsultingUz bilan xamkorlikda

Nima bu?

Aupair — mezbon oilada yashab, bolalar parvarishida ko'mak berish bilan birga tilni tabiiy muhitda o'rganish dasturi. Cho'ntak puli, yashash va ko'pincha ovqatlanish ta'minlanadi.

Til talabi

  • Nemis A1–A2 (oilaviy kommunikatsiya uchun yetarli daraja)
  • Til kursini davom ettirish uchun vaqt va imkon yaratilib beriladi

Shartlar

  • Yosh: odatda 18–26
  • Davomiylik: 6–12 oy
  • Haftalik soat: 25–30 soat atrofida
  • Cho'ntak puli (taschengeld) oyiga ~280–400 €
  • Yashash va ovqatlanish oiladan

Afzalliklar

  • Til muhitida yashash va tez rivojlanish
  • Madaniyatni yaqinroq bilish
  • Keyingi ta'lim yoki ishga tayyorgarlik

Hujjatlar ro'yxati

  • CV, motivatsion xat
  • Pasport va rasm
  • Bolalar bilan tajriba (bo'lsa) yoki tavsiyanoma

Jarayon

01Profil yaratish va mos oila bilan match qilish
02Intervyu va shartnomani kelishish
03Viza hujjatlari: sug'urta, yashash joyi va kafolatlar
04Kelgach, ro'yxatdan o'tish va kursga yozilish

Bizning yordam

  • Oila bilan match va shartnoma maslahati
  • Viza va safarga tayyorgarlik bo'yicha yo'riqnoma